Türkan Hüseynova
1 yil avval - 51 Saniye

Yosh kashfiyotchi yomg'ir suvidan elektr energiyasini ishlab chiqardi

AQSH president bosh maslahatchisi va president kizi Ivanka Tramp vakili bo’lgan Global Tadbirkorlar Sammitida Ozarbayjonlik 15 yoshlik qizning erishgan yutuqlarini maqtadi. Ivanka “Sizning yorqin idrokingiz va intensiv mehnatingiz bizni ilhomlantirmoqda” dedi.


Yosh kashfiyotchi yomg


Reyhan Jamolova 5 yoshdan boshlab kichik ixtirolar qilishni boshlagan va Ozarbayjonning Quba shaxridagi Istak maktabining 9-sinfidagi 100% grant asosida ta’lim olmoqda. Reyhan, mashg'ulotlaridagi katta yutuqlari bilan e'tiborni o'ziga jalb qilib, Rainergy isimli yomg'ir suvidan elekrt energiyasi ishlab chiqaruvchi qurilma ixtiro qildi. Qurilma 4 qismdan iborat; yomg'ir suvi yig'uvchi, suv saqlagich, elektr generatori, akkumulyator. Reyhan ixtirosi taxminan 22 vatt energiya ishlab chiqarish orqali 22 LED ampulni yoritish kuchiga ega. Yosh ixtirochi ushbu qurilmani rivojlantirish maqsadida ekanligini bildirdi: “Bazi mamlakatlarda elektr energiyasi juda qimmat, biz bu qurilma yordamida oz moddiy imkoniyat bilan ko’proq elektr energiyasi ishlab chiqarishimiz mumkin deydi u.” Reyhanning so'zlariga ko'ra, dunyodagi milliardlab litr yomg'ir suvlari to'g'ri ishlatilgan taqdirda elektr quvvati sifatida foydalanish mumkin.

Hindistonda bo'lib o'tgan Global Tadbirkorlik Sammitida ishtirok etgan Reyhan Jamolovaning loyihasining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli o'tgan va tez orada yarim final va finalga ko’tarilishi kutilmoqda.

Global Tadbirkorlik sammitida vakili Ivana Tramp yosh ixtirochi haqida shunday dedi: "Reyhanning bir shiori bor; "Har doim bir uyni yorit. “Sizning yoritgan har bir uyingiz dunyoni yoritadi. Sizning yorqin idrokingiz bizni ilhomlantirdi.

Nobel mukofotiga erishish maqsadida bo’lgan Reyhan Jamolova Amerikaning mashhur matematika mutafakkiri Lutfi Aliasker Zadey kabi dunyoda iz qoldirishni o’z oldiga maqsad qilib qo'ygan.