Mamurjon Akhmatjonov
10 oy avval - 49 Saniye
tr
az
en
kk
ky
uz
ru
tk

Yo Turklar keladi yoki Koreyaliklar

Toshkent shahar xokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo'jayev hozirda amaliy tashrif bilan Turkiya Respublikasida bo'lib turibdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.

Yo Turklar keladi yoki Koreyaliklar


Jahongir Ortiqxo'jayev
boshchiligidagi delegatsiya besh joyda uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvlarda investitsiyalar kiritish borasida, hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan ishlar haqida fikr yuritilgan.

“Men bu yerga “O'zbekiston eshiklari siz uchun ochiq, kelinglar”, degani keldim. O'zbekiston ishbilarmonlar uchun yo'l ishlari, kommunikatsiyalar, uy-joy qurilishi, sog'liqni saqlash sohalariga sarmoya kiritish, fabrikalar ochish, turli sarmoya kiritish, ko'p ishlar qilish uchun imkoniyatga ega mamlakat, ochiq bozor.

Turkiya prezidenti Erdo'g'anni Toshkentga kelganida aeroportda men kutib oldim. Biznes-forum bo'lib o'tdi. Erdo'g'an bilan birga borgan 200 ishbilarmondan 15tasi bugun ish boshlab ulgurdi. Mehmonxonalar, shifoxonalar, uy-joylar, ishlab chiqarish korxonalari qurayotganlar bor. Aloqalarimiz tezlashdi, bundan ham tez rivojlanishini maqsad qilyapmiz.

Turk sheriklarimiz bilan har yo'lda hamkorlikka tayyormiz. “Alarko”, “Yildirim”, “Ayxanlar” kabi xoldinglar rahbarlari bilan uchrashdik. “Ixlas xolding” bilan ko'rishyapmiz. Barchalarini O'zbekistonga taklif etyapmiz. Kelishsin, ko'rishsin, o'zlari tanlashsin qaysi sohaga sarmoya kiritish ma`qul ekanini.

Turk tadbirkorlarga aytmoqchiman: O'zbekistonga bugun kirishingiz kerak! Bugun sizlar kirmasangiz, koreyaliklar kiryapti. Sizning o'rningizni koreyaliklar olyapti. O'zbekistonga sarmoya kiritmoqchi bo'lsangiz - yo bugun, yo hech qachon! Albatta, biznesda har kimga joy bor, lekin ishbilarmonlar mening nima demoqchi ekanimni tushunishdi, deb o'ylayman. Mening hokim sifatida eshigim ham turklar uchun har doim ochiq!” - deydi Jahongir Ortiqxo'jayev.