Mamurjon Akhmatjonov
1 yil avval - 23 Saniye
tr
az
en
kk
ky
uz
ru
tk

Xorijiy mamlakatlardagi O'zbekiston yoshlariga ko'maklashuvchi assotsiatsiya tashkil qilindi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida keltirilgan vazifalardan kelib chiqib, Adliya vazirligi muassasa shaklidagi “O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro'yxatidan o'tkazdi.

Xorijiy mamlakatlardagi O


Muassasa shaklidagi “O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotining asosiy maqsad va vazifalari O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lgan va xorijiy mamlakatlarda o'qiyotgan hamda mehnat qilayotgan yoshlar bilan ish olib borish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularning jamiyatda o'z o'rnini topishiga ko'maklashish hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni parlamentga murojaatnomasida shunday assotsiatsiyani tashkil etish lozimligi haqida ma`lum qilgan edi.

Manba: Kun.uz