Ulug'bek Nomidagi Astronomiya Instituti

Tashkent, O‘zbekistonDavlat universiteti

O’zbekiston Respublikasi Fanlan akdemiyasi Astronomiya instituti (O’zR FA AI) – nafaqat O’zbekistondagi, balki butun Markaziy Osiyodagi ko’hna ilm dargohidir. Institut 1873-yilda Toshkent Astronomiya observatoriyasi sifatida tashkil etilgan va 1966-yilda Astronomiya institutiga aylantirilgan. Sobiq Sovet Ittifoqida muhim astrometrik markaz sifatida mashhur bo’lgan. Sarl Zeiss firmasining Kitob qo’shaloq astrografi va Toshkentda 1895-yilda o’rnatilgan Normal astrografi yordamida o’tgan asrning 80-yillarigacha olingan fotografik ma’lumotlar bazasi jahondagi eng noyob va boy to’plamlardan biridir. XIX asr oxiridan AI Xalqaro kenglik xizmati safiga qo’shilgan. AIning Kitob Stantsiyasi ILS tizimining beshta stantsiyasidan biri bo’lgan. Bugungi kunda Kitob Stantsiyasida GPS yo’ldosh navigatsion tizimining yerdagi stansiyasi o’rnatilgan.



Hozirgi paytda AIda bajarilayotgan tadqiqotlar asosan Samarqand shahridan 120 km janubda joylashgan Maydanak astronomik observatoriyasida olingan kuzatuv ma’lumotlarga asoslangan. Observatoriya Pamir-Oloy tog’ tizimining g’arbiy tizmalarida dengiz sathidan 2700 m balandlikda joylashgan. Maydanak observatoriyasi o’zining yuqori sifatli atmosfera sharoiti va Kanar va Gavay orollaridagi asosiy astronomik observatoriyalar o’rtasidagi geografik joylashuvi bilan juda ham noyobdir. Bu Maydanakni astrofizik ob’yektlarni muntazam kuzatishdagi muhim punktga aylantiradi.



Hozirgi kunda astronomiya instituti quyidagi tadqiqot bo'limlariga ega:

- Quyosh-yer fizikasi

- Yulduz astrofizikasi

- Yerdan tashqaridagi astronomiya

- Galaktik astronomiya va kosmologiya

- nazariy astrofizika.

Fakülteler