Toshkent Temir Yo'l Muhandislari Instituti

Taşkent, O‘zbekistonDavlat universiteti

Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti Oʻrta Osiyo temir yo'l muhandislari instituti sifatida 1931 yilda tashkil etilgan. 1937 yildan beri Toshkent temir yo'l muhandislari instituti deb ataladi. Ushbu institut "O'zbekiston Temir Yo'llari" davlat aksiyadorlik jamiyatiga qarashli bo'lib, hozirgi kungacha ellik mingdan ziyod temir yo'l muhandisi yetishtirib chiqargan. Institut bitiruvchilari Uchquduq-Miskin, Toshguzar - Boysun - Qumqo'rg'on, Hayraton - Mozori Sharif kabi muhim ahammiyatga ega temir yo'lchilik ishlarida bosh-qosh bo'lgan. Institut negizida 4 fakultet mavjud. Bular: 1. Tashishni Tashkil Etish va Transport Logistikasi; 2. Iqtisodiyot; 3. Qurilish; 4. Elektromexanika.

Bilim yurti qoshida ikkita akademik litsey bor bo'lib, hozirda ushbu institut O'zbekistonning temir yo'l muhandisligi sohasida yagona oliy ta'lim muassasasidir. 23 kafedrada 300dan ortiq professor-o'qituvchilar bilan birgalikta bakalavr, magistratura va doktorantura ta'limi berilmoqda. Shuningdek institut tarkibida Temir Yo'llar Muzeyi ham faoliyat ko'rsatmoqda.

Fakülteler