Toshkent Kimyo-Texnologiya Instituti

Taşkent, O‘zbekistonDavlat universiteti

Toshkent kimyo-texnologiya instituti kimyo va oziqovqat sanoati sohalari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti hisoblanadi. 1991- yilda Toshkent politexnika institutining kimyo texnologiya fakulteti negizida tashkil qilingan. Institutda to'rt fakultet bor.

1. Menejment va kasb ta`limi fakulteti; 2. Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti; 3. Noorganik moddalar texnologiyasi fakulteti; 4. Yoqilg`i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti.

Bu fakultetlarda 39 kafedrada kimyoviy texnologiya, neft va neftgazni qayta ishlash, yogʻochni qayta ishlash texnologiyasi, mashina va jihozlari, biotexnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi, atrof muhitni muhofaza qilish, kasb-hunar taʼlimi, menejment, marketing , informatika va informatsion texnologiya yoʻnalishlari boʻyicha 2500dan ziyod talaba tahsil olmoqda. Institutda o'quv va amaliy laboratoriyalar, 200 mingdan ziyod kitobga ega kutubxona, sport zal bor bo'lib, 250dan ziyod professor-o'qituvchilar dars bermoqda. Institut qoshida bir akademik litsey mavjud.

Fakülteler