Toshkent Irrigatsiya Va Melioratsiya Instituti

Taşkent, O‘zbekistonDavlat universiteti

Institut tarixi 1923- yilda Turkiston davlat universitetida Irrigatsiya fakultetining ochilishiga borib taqaladi. 1929- yilda O'rta Osiyo Paxtachilik va irrigatsiya instituti sifatida ochilgan. 1934- yilda Oʻrta Osiyo irrigatsiya injenerlari va texniklari instituti hamda Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash instituti asosida tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi qarori bilan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga aylantirildi.

Mamlakatda qishloq xo'jaligi va gidrologiya muhandislarining yetishtirilishi nihoyatda muhim masaladir. Hozirda 5 fakultet va 30 kafedrada 5 mingga yaqin talaba tahsil oladigan institutda 400ga yaqin professor-o'qituvchilar ta'lim bermoqda. Institut tarkibida o'quv laboratoriya binolari, tadqiqot markazlari, 700 mingdan ziyod kitob va materialga ega bo'lgan kutubxona, dam olish maskani, 1200 talabaga mo'ljallangan yotoqxona va oshxona faoliyat ko'rsatadi. Institutda Gidromelioratsiya, Yerdan foydalanish va yer kadastri, Suv xo’jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti, Irrigatsiya gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, Suv xo’jaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash fakultetlarida bakalavr mutaxassislari yetishtirilmoqda.

Fakülteler