Toshkent Farmatsevtika Instituti

Taşkent, O‘zbekistonDavlat universiteti

Toshkent farmatsevtika instituti oliy maʼlumotli farmatsevtlar, sanoat farmatsiyasi uchun muxandis texnologlar, farmatsevt pedagoglar, dorivor oʻsimliklarni parvarishlash texnologiyasi agronomlarini tayyorlaydigan oliy oʻquv yurtidir. 1937- yilda O'zbekiston Sog'liqni Saqlash Vazirligi tomonidan tashkil etilgan. 1 fakultet va 10 kafedra bilan ochilgan institutda hozirda uch fakultetda mutaxassislar yetishtirilmoqda. Institut tarkibida 22 kafedra bor bo'lib, farmatsiya, biotexnologiya, Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (farmatsevtika sohasi bo'yicha), sanoat farmatsiyasi kabi yo'nalishlarda 1300dan ziyod talabaga ta'lim berib kelmoqda. 500 mingga yaqin kitob va material mavjud bo'lgan kutubxonasi, farmetsevtlarning malakasini oshirish markazi, akademik litsey ham institut tarkibida faoliyat ko'rsatmoqda. Toshkent farmatsevtika institutida ilmiy tadqiqotlar odatda mahalliy tabiiy o'simlik va minerallardan dori tayyorlash, ta'sirli va sermahsul texnologiyalar ishlab chiqarish, farmatsevtika boshqaruvi, farmatsevtika marketingi kabi masalalarga alohida e'tibor beriladi.

Fakülteler