Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti

Taşkent, O‘zbekistonDavlat universiteti

O'tmishi 1918- yilda qurilgan Turkiston Sharqshunoslik institutiga qadar taqalib boradigan Toshkent davlat Sharqshunoslik Instituti 1991- yilda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligining qaroriga binoan Toshkent Davlat Universitetining Sharqshunoslik fakulteti negizida tashkil topgan. Sharqshunos mutaxassislar yetishtirib chiqaruvchi Sharqshunoslik Institutida bakalavr va magistratura ta'limlari berilmoqda, fan doktorlari yetishtirilmoqda.

8 yo'nalishda bakalavr, 12 mutaxassislik bo'yicha esa magistratura ta'limi beriladigan ushbu institutda Sharq tillari va adabiyotlari, Sharq falsafasi, Islomshunoslik, Mintaqashunoslik va Xalqaro aloqalar yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislar tayyorlanadi. 1. Sharq Filologiyasi; 2. Jahon siyosati, tarix va falsafa; 3. Xorijiy mamlakatlar iqtisodi va mintaqashunoslik; 4. Xitoyshunoslik fakultetlari mavjud. Shuningdek, malaka oshirish va sharq tillari markazi ham faoliyat ko'rsatadigan institutda 34 kafedra bor. Arab filologiyasi, Fors-afg'on filologiyasi, Xitoy filologiyasi, Yapon filologiyasi, Koreys filologiyasi, Mumtoz filologiya, Tarjima nazaryasi va amaliyoti, Matnshunoslik, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, Xorijiy mamlakatlar tarixi, Islomshunoslik, Xalqaro munosabatlar, Xalqaro iqtisodiy munosabatlar, Sharq mamlakatlari iqtisodi kabi sohalarda 3000dan ziyod talabaga 370dan ortiq professor-o'qituvchilar dars berib kelmoqda.

Fakülteler