Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti

Taşkent, O‘zbekistonDavlat universiteti

Taniqli shoir Nizomiy Ganjaviy nomini olgan Toshkent davlat pedagogika universiteti malakali pedagog va muhandis pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy oʻquv yurtidir. 1935- yil 14- sentabrda Oʻrta Osiyo davlat universitetining pedagogik fakulteti negizida pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. 1953 - 98 yillarda Toshkent pedagogika instituti deb nomlangan. 1998- yil 24- fevralda Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining qarori bilan unga universitet maqomi berilgan. 1947 yildan Ozarbayjon shoiri va maʼrifatparvari Nizomiy nomi bilan ataladi. Universitetda matematika, fizika, tabiiy fanlar, musiqiy taʼlim, badiiy grafika, pedagogika va psixologiya, boshlangʻich taʼlim va defektologiya, tarix, chet tillar, rus va koreys filologiyasi, harbiy taʼlim, kasb taʼlimi kabi fakultetlar mavjud. Ijtimoiy va tabiiy fanlar yo'nalishlarida 37 mutaxassislik programmalarida magistrlar yetishtirib chiqaradi. Shuningdek malaka oshirish, amaliy psixologlarni qayta tayyorlash kabi markazlar va 55 kafedra universitet tarkibida faoliyat yuritadi. Universitet kutubxonasi bir millionga yaqin kitob va materiallarga ega. Universitetda 10.000 dan ziyod talaba ta'lim olmoqda, 700 dan oshiq professor-o'qituvchilar faoliyat ko'rsatmoqda.

Fakülteler