Toshkent Davlat Agrar Universiteti

Taşkent, O‘zbekistonDavlat universiteti

Toshkent davlat agrar universiteti 1930 yil 26-mayda O'rta Osiyo qishloq xo'jaligi instituti sifatida tashkil qilingan. 1991- yil 11- aprelda Oliy o'quv yurti agrar universitet maqomini oldi. Bunday maqom o'sha davrdagi 104 ta qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlaridan faqat 8 tasiga kadrlar tayyorlash, fanni rivojlantirish, ilmiy-pedagogik salohiyat, sifatini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashdagi yutuqlari uchun berilgan edi. Universitetda agronomiya, agrokimyo va tuproqshunoslik; oʻsimliklar himoyasi; mevasabzavotchilik va oʻrmon xoʻjaligi; zoomuhandislik va ipakchilik; iktisodiyot; buxgalteriya hisobi; kasbiy taʼlim fakultetlarida bir qancha yo'nalishlarda (Agrotuproqshunoslik va agrofizika, Agrokimyo, Agronomiya, O'simlikshunoslik, O'simliklar himoyasi, Entomologiya, Fitopatologiya, Seleksiya va urug'chilik, Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi, Parrandachilik, Qishloq xo'jalik hayvonlarini urchitish, ko'paytirish va ularning seleksiyasi, O'rmonchilik, Ipakchilik, Sabzavotchilik va polizchilik, Mevachilik va boshqa) ta'lim jarayoni olib borilmoqda.

Fakülteler