Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti

Taşkent, O‘zbekistonDavlat universiteti

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (sobiq Toshkent elektrotexnika aloqa Instituti) 1955 yilda tashkil topgan. 2002 yil 30 may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-3080 Farmoniga binoan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga aylantirildi. 2005 yil 2 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-91 sonli Qaroriga TATUning Qarshi, Samarqand, Urganch va Farg'ona shaharlarida mintaqaviy filiallar tashkil etilgan.

Universitet va uning mintaqaviy filiallari tarkibida 13ta fakultet, 62 ta kafedra mavjud bo'lib, ta'limning 23 yo'nalishi bo'yicha, jumladan bakalavriatning 8 yangi yo'nalishi va magistraturaning 9 yangi mutaxassisligi bo'yicha kadrlarni tayyorlanadi. Universitet va uning mintaqaviy filiallarida 12 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Universitetda 800ga yaqin professor-o'qituvchilar faoliyat ko'rsatmoqda. Universitet va filiallarining umumiy maydoni 54,4 ming kv.km. ni tashkil etadi.

Universitet 26 nafar xorijiy davlatlarning (Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, Xindiston va x.k.) 42 universitet, 8 ilmiy-tadqiqot markazlar, 12 korxonalar va tashkilotlar bilan hamkorlik o'rnatgan.

Fakülteler