Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti

Taşkent, O‘zbekistonDavlat universiteti

Toshkent arxitektura-qurilish instituti O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 6 maydagi farmoni bilan tashkil etilgan. Institut tarkibida "Arxitektura", "Bino va inshootlar qurilishi", "Muxandislik qurilish infrastrukturasi" va "Qurilishni boshqarish" fakultetlari, shuningdek, Akademik Litsey, Qurilish sohasida menejerlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi, xalqaro aloqalar bo`limi faoliyat ko`rsatmoqda.

Fakultetlarda bakalavriatning 13 ta'lim yo'nalishlari va magistraturaning 20 mutaxassisligi bo'yicha uch mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. O'quv jarayonida talabalar chuqur nazariy bilimlar va ilmiy-amaliy maslahatlar olish imkoniyatiga egadirlar. Ilmiy-pedagogik kadrlar katta ilmiy xodim izlanuvchilik instituti doktarantura orqali 7 ixtisoslik bo'yicha tayyorlanadi. Arxitektura sohasida doktorlik dissertatsiyalarini himoyalash bo'yicha ixtisoslashgan kengashlar faoliyat ko'rsatmoqda.

Institut ilmiy-tadqiqot ishlari O'zbekiston Respublikasi rivojlantirish ustivor yo'nalishlari bo'yicha Davlat ilmiy-texnika dasturiga kiritilgan. Institut mutaxassislari qurilish konstruksiyalarini, jamoat va turar joy binolarini loyihalash, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini aniqlash, texnogen chiqindilar asosida samarali qurilish materiallari ishlab chiqish bo'yicha buyurtmalar qabul qiladi.

Fakülteler