Samarqand Davlat Universiteti

Semerkand, O‘zbekistonDavlat universiteti

Samarqand davlat universitetining tarixiy ildizi Temuriylar davriga borib taqaladi.Registon maydonidagi Ulugbek madrasasi (1417-1420-yillarda qurilgan) so'zsiz Samarqand dorilfununining "beshigi", uning tashkil topish asosidir. 1927 yil 3 yanvar Samarqand shahrida O'zbekiston pedagogika instituti tashkil etiladi. 1930 yili institutga O'zbekiston davlat pedagogika akademiyasi nomi beriladi. 1933 yilda pedagogika akademiyasi hamda O'zbekiston davlat tibbiyot institutlari negizida O'zbekiston davlat universiteti tashkil etiladi.

Hozirgi paytda SamDU tarkibida 9 ta fakultet hamda pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti, xalqaro aloqalar bo'limi, akademik litsey, o'quv va muammoviy ilmiy tadqiqot laboratoriyalari, zamonaviy axborot va kompyuter markazlari, INTERNET aloqa tarmog'i, Alisher Navoiy, "Arxeologiya", "Zoologiya" va "SamDU tarixiy muzeylari, "Oranjeriya" va "Botanika" bog'i hamda 3 million fondli Axborot-resurs markazi, yotoqxonalar, dam olish va davolanish maskanlari, sport komplekslari mavjud.

Universitetning bakalavr va magistratura bosqichida 10 mingdan ziyod talabalar ta'lim olmoqda. Dars jarayonlari o'zbek, rus va tojik tillarida olib borilad. 900dan ortiq porfessor-o'qituvchilar faoliyat ko'rsatadigan universitetda 31 yo'nalishda bakalavr, 64 mutaxassislikda magistratura ta'lim dasturi mavjud.

Fakülteler