Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti

Semerkand, O‘zbekistonDavlat universiteti

Samarqand davlat chet tillar instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 8 noyabrdagi Farmoni bilan tashkil etilgan. Hozirda institut oliy va o‘rta maxsus ta’lim va xalq ta’limi sohalariga hamda turizm infratuzilmasiga yuqori malakali xorijiy filologiya mutaxassislari, shuningdek, gid-tarjimonlar tayyorlashning halqaro miqyosda e’tirof etilgan nufuzli yirik markazlaridan biriga aylandi.

Institutda 11 ta yo‘nalishda bakalavriatura, 5 mutaxassislik bo‘yicha magistratura, 4 ixtisoslik bo‘yicha doktorantura faoliyat ko‘rsatmoqda. 350 nafar talabaga mo‘ljallangan zamonaviy talabalar turar joyi, 250 o‘rinli oshxona mavjud. Bugungi kunda ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, arab, yapon, koreys va xitoy tillari hamda tarjimonlik mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Institutda hozirda 3 fakultet, 14 kafedra, 14 til va madaniyat markazlari, mintaqaviy til o‘rgatish markazi, Ta’lim sifati ta’minoti va innovatsiyalar markazi, eng zamonaviy o‘quv va multmedia uskunalari bilan jihozlangan Axborot-resurs markazi mavjud.

Fakülteler