Qarshi Muhandislik-Iqtisodiyot Instituti

Karşı, O‘zbekistonDavlat universiteti

Vazirlar Mahkamasining 1992- yildagi qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti Qarshi filiali negizida Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti tashkil etilgan.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qishloq xo'jaligi, neft va gaz sanoati, elektr va energetiga, oziq-ovqat sanoati, kimyoviy texnologiya kabi yo'nalishlarda bakalavr va magistratura ta'limlari beruvchi oliy o'quv yurtidir.

Hozirgi kunda institut tarkibida 6 fakultet (Energetika, Iqtisodiyot, Muhandis-texnika, Neft va gaz, Kasb ta'limi, Sanoat texnologiyasi), 25 kafedra, axborot texnologiya markazi, iqtidorli talabalar markazi, 2 akademik litsey faoliyat ko'rsatmoqda. 30 yo'nalishda 6000dan ortiq bakalavr, 4 mutaxassislikda 100dan ziyod magistratura talabasi institutda ta'lim olmoqda. Shuningdek, institut tarkibida dam olish markazi, sport markazi, talabalar turar joyi mavjud.

Fakülteler