O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasi

Taşkent, O‘zbekistonDavlat universiteti

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining tarixi 1932- yilda tashkil qilingan Militsiya texnikumiga borib taqaladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 2 sentabrdagi 447-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1994 yil 20 oktyabrdagi 264-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan bo‘lib, Ichki ishlar vazirligi tizimiga kiradi.

Akademiya oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha kasbiy o‘quv dasturlari asosida ta’lim faoliyatini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, o‘quv-metodik, ilmiy va boshqa faoliyatlarni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.



Akademiya tarkibida 23 ta kafedra mavjud. Bular: ma’muriy huquq, tezkor qidiruv huquqi, kriminalistika, jinoyatlarning oldini olish, ichki ishlar idoralarida boshqaruvni tashkil etish, transportda xavfsizlikni tashkil etish, jinoyat huquqi, davlat va huquq tarixi va nazariyasi, konstitutsiyaviy huquq, inson huquqlari umumiy nazariyasi va amaliyoti, fuqaroviy-huquqiy fanlar, umumharbiy fanlar, jismoniy tayyorgarlik, psixologiya va kasb etikasi, informatika, hisoblash texnikasi va aloqa, tibbiy tayyorgarlik, O‘zbekiston tarixi, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, falsafa va siyosatshunoslik, iqtisodiy fanlar, malaka oshirish fakultetining maxsus fanlar va yuridik fanlar kafedralari, tillar va adabiyot kafedrasi.

Akademiyaning ilmiy tadqiqot faoliyati qonuniylik, huquq-tartibot va jinoyatchilikka qarshi kurash hamda inson huquqlarini ta’minlash, olingan natijalarni amaliy faoliyat va ichki ishlar organlariga joriy etish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

Akademiyaning 100 dan ortiq fan doktorlari va nomzodlarini o‘z ichiga olgan ilmiy salohiyati bor.

Fakülteler