Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix Instituti

Taşkent, O‘zbekistonDavlat universiteti

Tarix instituti 1943- yil (1970- yilgacha – O‘zSSR FA Tarix va arxeologiya instituti) SSSR Fanlar akademiyasining O‘zbekiston filiali Til, adabiyot va tarix instituti asosida tashkil qilingan.

Hozirda institutda quyidagi bo‘limlar faoliyat yuritmoqda:

- O‘zbekistonning moddiy madaniyati va qadimgi tarixi bo‘limi.

- O‘zbekistonning o‘rta asrlar tarixi bo‘limi.

- O‘zbekistonning XIX asr oxiri-XX asr boshlari davri tarixi bo‘limi (to 1917- yilgacha).

- O‘zbekistonning sovet davri tarixi bo‘limi (1917-1991 yy).

- O‘zbekistonning xalqaro munosabatlari va zamonaviy tarixi bo‘limi.

- Etnologiya bo‘limi.

- Tarixshunoslik va manbashunoslik bo‘limi.

Hozirgi kunga kelib institutning eng muhim ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

- O‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi;

- o‘zbeklar etnogenezi, etnik tarixi va etnografiyasi hamda O‘zbekiston xududida yashovchi boshqa xalqlar etnologiyasi;

- o‘zbek xalqining bir necha ming yillik boy madaniyati va ma’naviy merosi tarixi;

- o‘zbek xalqining tarixning turli davrlaridagi siyosiy va ijtimoiy hayot tarzi, taraqqiyot va tanazul sabablari hamda taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari;

- moddiy madaniyat tarixi;

- manbashunoslik va tarixshunoslik.



Shuningdek, institut Yevropa, AQSH, Osiyo va MDH mamlakatlarining yirik ilmiy tadqiqot muassasalari bilan Markaziy Osiyo tarixini hamkorlikda o‘rganish borasida o‘zaro ilmiy hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda.



Institut har yili aspirantura va doktoraturaga quyidagi mutaxasisliklar bo‘yicha yosh mutaxasislarni qabul qiladi:

- O‘zbekiston tarixi;

- Tarixshunoslik va tarixiy tadqiqot usullari;

- Etnologiya.

Fakülteler