O‘Zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi

Taşkent, O‘zbekistonDavlat universiteti

1943- yilda tashkil topgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi va magistr, doktorantlar yetishtirib chiqaruvchi ilmiy dargohlar akademiyasidir. Akademiyaning tarkibida mahalliy va chet ellik akademiklar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar faoliyat ko'rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining asosiy vazifalari quyidagilar:

- davlat siyosatining fan sohasida bajarilishini ta’minlaydi;

- tabiatning rivojlanishi, jamiyat va inson, millatlar munosabati va millatlar madaniyati, davlatlar va xalqlar, ma’naviyat va maorif masalalarining rivoji kabi dolzarb muammolarni о‘rganadi;

- texnikaning yangi turlari va zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqadi va ishlab chiqarishga joriy qiladi;

- tabiiy, texnik, tibbiyot, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar о‘tkazadi va shu orqali jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy rivojiga kо‘maklashadi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi har yili faoliyati bo'yicha hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.



O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarkibda quyidagi institutlarda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda va magistr, doktorantlar yetishtirilmoqda:

1. Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti

2. Akademik S.A.Azimov nomidagi “Fizika-Quyosh” IICHB qoshidagi Fizika-texnika instituti

3. Akademik S.A.Azimov nomidagi “Fizika-Quyosh” IICHB qoshidagi Materialshunoslik instituti

4.M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshoatlar seysmik mustahkamligi instituti

5.Umumiy va noorganik kimyo instituti

6. Akademik S.Y.Yunusov nomidagi О‘simlik moddalari kimyosi instituti

7. Akademik A.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti

8. Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti

9. Mikrobiologiya instituti

10. Botanika va zoologiya instituti

11. Genetika va о‘simliklar eksperemental biologiyasi instituti

12. G‘.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti

13. San’atshunoslik instituti

14. Yahyo G‘ulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlar instituti

15. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, va boshqalar.

Shuningdek, akademiya tarkibida RT-70 Radioastranomiya observatoriyasi, Genomika va bioinformatika markazi, О‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi, Fundamental kutubxona faoliyat ko'rsatmoqda.

Fakülteler