Nukus Davlat Pedagogika Instituti

Nukus, O‘zbekistonDavlat universiteti

Nukus davlat pedagogika instituti – O‘zbekistonning shimoliy hududidagi ilk oliy o‘quv yurtlaridan bo‘lib, u 1934- yili o‘sha vaqtdagi poytaxt hisoblangan To‘rtko‘l shahrida tashkil qilingan.

1976 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti bazasida Nukus davlat universiteti tashkil etilgan.

1991 yilda qayta tashkil etilgan Nukus davlat pedagogika instituti esa O‘zbekistonda pedagogik kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini yuksaltirish borasida taraqqiy etayotgan yangi yondashuvning o‘ziga xos bir ko‘rinishidir. 1992 yildan e’tiboran institut qoraqalpoq xalqi e’zozlagan buyuk alloma - shoir Ajiniyoz nomi bilan atalib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib institutda 8 ta fakultet va 1 magistratura bo‘limi 20 ta bakalavriat yo‘nalishi va 7ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakali pedagoglar tayyorlanmoqda. Shuningdek, 3ta mutaxassislik bo‘yicha doktarantura mavjud. Institut olimlari xalq tarixi va etnik tarkibi, arxeologiya va etnografiya, Orol dengizining qurishi oqibatida hududning flora va faunasiga ta’siri, til va adabiyot, qoraqalpoq xalqining yozma va og‘zaki yodgorliklarini o‘rganish borasida chuqur ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Institutda ta’lim sohasidagi samarali mehnati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan davlat granti sohiblari, fan va xalq ta’lim fidoyilari, davlat mukofoti sovrindorlari, xalq ta’limi a’lochilari va o‘z ishining mohir ustalari faoliyat yuritmoqda.

Fakülteler