Jizzax Davlat Pedagogika Instituti

Jizzakh, O‘zbekistonDavlat universiteti

Abdulla Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika Instituti sobiq SSSR Ministrlar sovetininng 26.07.1974 yil №605 qaroriga asosan tashkil etilgan.

Institutda hozirgi kunda 19 ta kunduzgi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. 10 ta fakultet (shu jumladan Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti) va 28 kafedra faoliyat ko’rsatmoqda. Bakalavr bo’yicha 6276 ta talabalar tahsil olmoqda. Ularga 456 tadan ziyod professor-o’qituvchilar jumladan, 15 nafar professor va fan doktori, 138 nafar dosent va fan nomzodlari tahsil bermoqda. Institutda hozirgi kunda 28 ta kafedra, 36 ta o’quv laboratoriyasi, 20 ta ixtisoslashgan kabinet, 20 ta hozirgi zamon kompyuterlari bilan jixozlangan xona, 4 ta lingafon kabinet, 4 ta o’quv korpusi, 1 ta 400 o’rinli yotoqxona, Ma’naviyat markazi, Ma’daniyat saroyi, 3 ta majlislar zali, 50 dan ziyod fan to’garaklari, 1 ta futbol maydoni, 2 ta voleybol, 2 ta basketbol, 2 ta qo’l to’pi, 2 ta mini futbol maydonchalari, 1 ta ochiq suv havzasi, 1 ta gimnastika maydonchasi, 2 ta zamonaviy standartga javob beradigan yopiq sport zali, Axborot resurs markazi, 4 ta o’quv zallari, “Bobur”nomli sport sog’lomlashtirish oromgohi, 5 ta ovqatlanish shahobchasi faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Fakülteler