Guliston Davlat Universiteti

Gulistan, O‘zbekistonDavlat universiteti

Guliston davlat universiteti mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, 1992- yilda Sirdaryo davlat pedagogika instituti negizida tashkil etildi. Bugun Guliston davlat universiteti O'zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida yuqori mavqeni egallaydi. Hozirgi kunda universitetda 28 yo'nalishda mutaxassislar tayyorlanmoqda. 2012- yilda universitetga uch yo'nalish qo'shildi: “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi”, “Pedagogika va psixologiya” va “Tuproqshunoslik”.

Bugun universitetda beshta:

- Filologiya;

- Fizika-matematika;

- Pedagogika;

- Tabiatshunoslik;

- Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetlar faoliyat ko’rsatadi.

Ushbu ko'rsatilgan fakultetlarda 21 ta kafedra mavjud bo'lib, unda 320 o’qituvchi mehnat qiladi.

Fakülteler