Farg'ona Politexnika Instituti

Fergana, O‘zbekistonDavlat universiteti

1967- yilda Toshkent politexnika institutining Farg'ona filiali negizida mustaqil Farg'ona politexnika instituti tashkil etildi. Farg'ona vodiysida yagona texnika oliy o'quv yurti bo'lib, unda bakalavr va magistratura ta'limi berilmoqda, shuningdek tadqiqot markazlarida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Institutning 5 fakultetida (Mexanika, Energetika, Qurilish, Ishlab chiqarishda boshqaruv, kimyo-texnologiya) bakalavr ta'limi berilmoqda. Sanoat issiqlik energetikasi, Elektr ta'minoti, Energiya tejamkorligi, Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari, Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari, Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi, Oziq-ovqat xavfsizligi, Infratuzilma obyektlarini qurish, Suv ta'minoti, kanalizatsiya, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish, lssiqlik-gaz ta'minoti, ventilyatsiya, havoni mo'tadillash va havo havzasini muhofaza qilish yo'nalishlarida esa magistr mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Shuningdek, institut tarkibida kutubxona, talabalar turar joyi, sport zali faoliyat ko'rsatmoqda.

Fakülteler