Andijon Qishloq Xo'jalik Instituti

Andican, O‘zbekistonDavlat universiteti

Institut 1964- yil iyun oyida sobiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Andijon filiali negizida Andijon paxtachilik instituti nomi bilan tashkil etilgan. 1992- yil 28- fevraldan esa Andijon qishloq xo'jalik instituti sifatida atalib kelmoqda. Institut tarkibida Agronomiya, Agroinjineriya, Qishloq xo’jaligida menejment, O’simliklarni himoya qilish va meva-sabzavotchilik fakultetlari va bu fakultetlar tarkibida 21 kafedra bor. Agronomiya, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, o'simliklar himoyasi, ipakchilik, zootexnika, agroinjineriya, suv xo'jaligi va melioratsiya, iqtisodiyot kabi 10 dan ortiq yo'nalishlarda bakalavr ta'limi berilmoqda. 4 mingga yaqin talaba o'qiydigan, 200 dan oshiq professor-o'qituvchilar ishlaydigan institut huzurida 2 akademik litseyda o'rta maxsus ta'limi berilmoqda.

Fakülteler