Andijon Davlat Universiteti

Andijan, O‘zbekistonDavlat universiteti

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti o‘z tarixini 1931 yildan boshlaydi. Avval Farg‘ona pedagogika insituti filiali, 1939 yilda o‘qituvchilar instituti, so‘ngra 1953 yildan Andijon davlat pedagogika instituti bo‘lib, Vatanimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgach, 1992 yil 28 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Andijon davlat pedagogika instituti Andijon davlat universitetiga aylantirilgan.

Bugungi kunda universitetda filologiya, tabiatshunoslik va geografiya, tarix va ijtimoiy fanlar, boshlang‘ich ta’lim, fizika-matematika, xorijiy tillar, pedagogika, boshlang‘ich ta’lim metodikasi hamda jismoniy madaniyat kabi 8 ta fakultetda 31 ta kafedra ishlab turibdi.

Universitetda 25 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishida 6897 nafar, 13 ta magistratura mutaxassisliklarida 149 nafar talaba ta’lim olmoqda.

Fakülteler