Ajibadem Universiteti

İstanbul, TurkiyaXususiy universitet

Ajibadem universiteti 2007- yilda Ajibadem Sog’liq va Ta’lim Vaqfi tomonidan tashkil etilgan bo’lib, tibbiyot sohasida tematik universitet sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Sog’liqni saqlash sohasida 25 yillik chuqur tajribasini oliy ta’lim berishgacha olib chiqqan universitet malakali ilmiy xodimlari, ilg'or texnologik infratuzilmasi bilan o’z sohasida tajribali va doimiy intiluvchan tibbiyot xodimlari tayyorlaydi.



Istanbulning Osiyo hududida 100.000 kvadrat metrlik yopiq maydonda qurilgan LEED Gold (Leadership in Energy and Environmental Design - Energiya va atrof-muhit dizaynida yetakchilik) sertifikatiga ega Kerem Aydinlar ta'lim kompleksiga ega bo’lgan Ajibadem universiteti ilmiy va ijtimoiy imkoniyatlari bilan boshqa oliy o’quv yurtlaridan ajralib turadi.

Universitetda mavjud bo’lgan Klinik Simulyatsiya va Ilg’or Endoskopik - Robotik Jarrohlik O'quv Markazi – CASE, unda mavjud bo’lgan barcha bo'limlar va texnologik infratuzilmasi bilan bu sohada dunyodagi eng mukammal tibbiyot o’quv yurtlaridan biridir. Ushbu ta’lim markazi CAE Akademiyasi tomonidan taqdim etiladigan dunyoda faqatgina ikkita tibbiyot o’quv yurtiga berilgan “Center of Excellence (Mukammallik Markazi) sertifikatiga ega. Network of Accredited Clinical Skills Centers of Europe (NASCE) va Society for Simulation in Healthcare (SSH) tomonidan akkreditatsiya qilingan ushbu universitet talabalarga bakalavr va magistratura ta’limi berib kelmoqda.



Ajibadem Universiteti 5 ta fakultet, 2 ta oliy maktab, 3 ta institut va boshqa turli xil loyihalarni olib boruvchi tadqiqot markazlari bilan ta’lim berib kelmoqda.

Fakülteler