Sevde Kalafat
1 yil avval - 56 Saniye

"Turkiyaning eng chiroyli yo'lining" qayg'uli hikoyasi

Mug’la va Marmarisni bog'laydigan ajoyib va yoqimli Go’kova shahrining Akchapinor qishlog'idagi yuzlab okalipt daraxtlari bilan o'rab olingan bu yo'lning ismi "Sevgi Yo’li" deb nomlanadi. Asliga olib qaralganda, har yili minglab turistlar tomonidan ziyorat etilib fotosuratlari olinadigan, ko’plab serial va kinolarga mavzu bo’lgan bu yo’lning hikoyasi biroz qayg’uli.

"Turkiyaning eng chiroyli yo

Bu daraxtlar 1938-yilda Go’kova halqi va uning raisi bilan birgalikta barpo etilgan. O’sha yillarda botqoqlik hududlardagi ko’plab chivinlar sababli bezgak epidemiyasi chiqa boshlagan. Qishloq aholisining bezdigan bezgak kasalligi bir necha kishining hayotiga zomin bo’lgan. Qishloq raisining 7 ta qiz farzandlaridan 4 tasi bezgak kasalligi tufayli hayottan ko’z yumgan. Oxirgi farzandining erkak bo’lgani munosabati bilan rais qishloq halqiga bu botqoqlikni qurutishga va kasallikni yo’q qilishga so’z bergan. Rais qishloq aholisi bilan birgalikta bu vaziyatni hokimga arz qilgan bo’lsa ham yuzlab okalipt daraxtini topish oson emas edi. Qishloqda yashaydigan bir yozuvchi vositasi bilan Avstraliyadan yuzlab okalipt daraxtlari olib kelingan. Daraxtlar o’sishi bilan birga botqoqlik quriy boshlagan va chivinlar ham yo’q bo’la boshlagan.

Bugungi kunda bu yo’l Turkiyaning eng chiroyli yo’li hisoblanadi. Daraxtlarning uzunligi taxminan 20 metrni tashkil etadi. Daraxt ko’chatlarining olib kelinishiga sababchi bo’lgan o’sha yozuvchi Halikarnas Baliqchisidir. Qishloq raisining o’g’li esa Halikarnas Baliqchisining manaviy o’g’li bo’lgan Professor Doktor Shadan Go’kovalidir.

Bu yerdan o’tayotib muhtasham manzaraga ega bo’lgan bu yo’lni bir necha daqiqa tomosha qilishingizni va bu yo’lning hikoyasini his qilishingizni maslahat berib qolaman.