Turkiyada Ta'lim Olish
(YÖS) Xorijlik Talaba Imtihoni
Xorijlik Talaba Imtihoni (YÖS), Turkiyadagi oliy ta'lim muassasalaridan birida ta’lim olish istagida bo’lgan xorijiy talabalar uchun bo’lib, ushbu imtihon natijasi bilan bu muassasalariga qabul uchun murojaat qilinadi. Turkiya Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalari o’z (YÖS) “xorijlik talaba imtihoni”ga ega.

Barcha xorijlik talabalar bu imtihonga kirishlari mumkin
2018 Istanbul Universiteti xorijlik talaba imtihoni (İUYÖS)
Xujjat topshirish muddati: 4-dekabr 2017 – 23-mart 2018
Istanbul Universiteti xorijlik talaba imtihoni (İÜYÖS) 28-aprel 2018-yil, shanba kuni Turkiya vaqti bilan 15:00 da bo’lib o’tadi.
Turkiyadan va xorijdan xujjatlar https://yos.istanbul.edu.tr web sayti orqali topshiriladi.
Imtihon arizasini to’ldirishdan avval Istanbul Universiteti, Ochiq va Masofaviy ta’lim fakulteti hisob raqamiga imtihon to’lov pulini yuborilishi lozim. Tushuntirish qismiga nomzod raqami yozdirilishi zarur.
Imtihon to’lov miqdori:
Markaziy Osiyo mamlakatlarida imtihonga kiradigan abituryentlar uchun
80 TL (Turk Lirasi) yoki
20 $ (AQSH dollari) yoki
20 € (Yevro)
Turkiyada imtihonga kiradigan abituryentlar uchun
250 TL (Turk Lirasi) yoki
65 $ (AQSH dollari) yoki
60 € (Yevro)
Bank ismi: Halkbank, Beyazit filiali, İstanbul/Türkiye
IBAN No: TL(TL) TR13 0001 2009 8200 0006 2003 78
USD ($) TR58 0001 2009 8200 0058 0001 87
YEVRO (€) TR31 0001 2009 8200 0058 0001 88
SWIFT Kodi: TRHBTR2AXXX
Hisob ismi: İstanbul Üniversitesi Açık ve Uzaktan Eğitim Fakültesi
Xorijdan imtihon arizasini to’ldiruvchilar xalqaro to’lovlarni amalga oshiruvchi banklar vositasi bilan to’lovni amalga oshirishlari mumkin.
Imtihon arizasini to'ldirgandan so'ng, tizim sizning nomzod raqamingizni elektron pochta manzilingizga avtomatik ravishda yuboradi.
Nomzodlar raqamini faqat bir marta olishlari mumkin. Nomzod raqami abituryent tomonidan ehtiyotkorlik bilan saqlanishi kerak, chunki imtihonga kirish uchun va, nomzodning elektron muhitda Istanbul universiteti bilan amalga oshiradigan barcha jarayonlar uchun ham kerak bo'ladi.
2018 Istanbul Universiteti xorijlik talaba imtihoniga kiradigan nomzodlar, imtihonga kirish hujjati, o’z pasportlari va ID-kartalarini o’zlari bilan birga olib kelishlari zarur.
2018 Istanbul Universiteti xorijlik talaba imtihoni Turkiyaning Istanbul shahrida va xorijiy davlatlarning Turkiya respublikasi elchihonalarida (shu jumladan markaziy osiyoda ham) bo’lib o’tadi.
Xorijiy davlatlarda bo’lib o’tadigan (İÜYÖS) imtihonining soati Istanbul Universitetining rasmiy web saytida https://yos.istanbul.edu.tr e’lon qilinadi.
(İÜYÖS) imtihoni barcha test markazlarida bir vaqtda boshlanadi.
(İÜYÖS) test natijasining amal qilish muddati 1 (bir) yil.
İÜYÖS imtihoni asosiy ta'lim ko'nikmalarini o’lchashga ixtisoslashgan. Imtihon 80 ta savoldan iborat bo’lib abituryentlarni mantiq yuritish darajasini va fikirlash doirasini o’lchash uchun mo’ljallangan. Imtihon mantiq va matematika testlaridan tashkil topgan bo’lib savollar turk, ingliz, arab, frantsuz, nemis va rus tillarida tayyorlangan.
Imtihon vaqti 135 daqiqa.
Nomzodlar imtihon natijalarini onlayn ravishda https://yos.istanbul.edu.tr saytida bilib olishlari mumkin.
Eslatma: Istanbul Universiteti xorijlik talaba imtihoni (İÜYÖS) natijasi bilan Turkiyadagi boshqa universitetlarga xujjat topshirish mumkin.