Mamurjon Akhmatjonov
1 yil avval - 47 Saniye
tr
az
en
kk
ky
uz
ru
tk

Turk me’morlari tomonidan barpo etiladigan shahar “Tashkent city”


Turk me’morlari tomonidan barpo etiladigan shahar “Tashkent city”


O’zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrida barpo etiladigan “Tashkent city” halqaro ishbilarmonlar markazi loyihasining konsepsiyasini tayyorlash doirasida Turkiya, Singapur va boshqa mashhur xorijiy kompaniyalar shuningdek, mahalliy kompaniyalar taklif etildi. Maskur jarayonda jami sakkizta masterplan tayyorlanib, ko’rib chiqish uchun raspublika rahbariyatiga taqdim etildi. Ko’rib chiqish natijasida Turkiyaning Tabanlıoğlu qurilish kompaniyasining masterplani tastiqlandi. Toshkent shahrining markazidagi Alisher Navoiy, Olmazor, Furqat va Islom Karimov shoh ko’chalari orasidagi 80 gektar maydonni egallaydigan “Tashkent City” halqaro ishbilarmonlar markazi konsepsiyasi maqullandi.

Loyihani bajaruvchi Turk me’morlari bilan navbatdagi uchrashuv bo’lib o’tti. Bu uchrashuv natijasida loyihani planlashtirish va amalga oshirish rejalari kelishib olindi. Endilikta Turk me’morlari oldida loyihani navbattagi bosqichini belgilangan muddatda bajarish vazifasi turibdi.

Loyiha konsepsiaysining ishlab chiqish jarayonida Toshkent shahrining tarixan shakillangan me’moriy qiyofasidan kelib chiqqan holda Tashkent city konsepsiyasi tabiat bilan hamohang zamonaviy va an’anaviy me’morchilik tarzini o’zida mujassam etishi va yashil shahar g’oyalari va dam olish hiyobonlari bilan uyg’unligiga alohida e’tibor berilgan.

Shuningdek, loyihada biznes ofislar, mehmonhonalar va apartamentlar uchun mo’ljallangan ko’p qavatli binolar qavatlari sonini 40 tadan, turar joy majmualarini 12 qavattan baland bo’lmasligiga qaror qilindi. Bundan tashqari, kompleks hududida konferens va ko’rgazma markazlari, gipermarket, ko’plab savdo maydonlari, restoran va kafelar bo’ladi.