Dilek Özdemir
1 yil avval - 1 Dakika, 14 Saniye

Turk dunyosining umumiy bayrami. Navro’z

Tabiatni muqaddas bilgan va tuproqni “ona” deb ataydigan Turklar uchun bahor kelishini muhim sanalishi tabiy hol albatta.

Navro’z g’arbdan sharqqa, janubdan shimolgacha bo’lgan Turkiy millatlar tomonidan keng miqyosda nishonlanib keladigan bahor bayramidir. Barcha bayramlarning diniy va milliy e'tiqoddan, jamiyatning umumiy xotirasidan, urf-odatlardan, his-tuyg'ulardan va tabiatga ta'sir qiluvchi voqealardan kelib chiqqanligiga ishoniladi.


Turk dunyosining umumiy bayrami. Navro’z


Bu bayram Islomni qabul qilgan birinchi Musulmon o’troq va ko’chman Turk qavmlari tomonidan tarixiy urf-odatlar va Islomga zid tushmaydigan ananalar sifatida davom ettirib kelingan. An'analari tarixini aniqlay olmagan davrlardan qolgan. An'analar bu xususiyatlari bilan xalq munosabatlarini mustahkamlaydigan eng muhim omillardan biri bo'lib, bugungi kunda bahorning kelishini nishonlanadigan bayramdir.

Navro’z an'anasi Sunniylik, Alevilik va Bektoshiylik bilan bevosita bog'liq bo'lmagan an'ana bo’lib Islomdan avvalgi an’anlardan biridir. Bir dinning yoki mazhabning bayrami emas. Bu sababli bu bayramning bir din yoki mazhabga oid kabi ko’rsatilishi va insonlar orasida ayriliq omillari sifatida ishlatilishi noto’g’ri.

1990-yillarda mustaqilliklarini e’lon qilgan Turkiy halqlardan Qirg’iziston, Qozog’iston, O’zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon bilan Rossiya Federatsiyasidagi Tataristonda 21 Mart Navro’z bayramini milliy bayram deb e’lon qilingan. Turkiyada ham 1991-yildan Turkiy halqlar bilan umumiy bayram sifatida e’lon qilingan.


Turk dunyosining umumiy bayrami. Navro’z


Navro’z Turklarni bir biriga bog’lagan Ergenekondan temir tog’larni eritib tirilgan otalarining ruhlari bilan yonadigan bir otashdir. Bu otash hich o’chmagani kabi kelajakta ham umumiy madaniyat beshigi sifatida ko’ngillarni birlashtirishda davom etadi. Evroosiyo, Turk dunyosining Nevruz gullari kelajakka bo’lgan umid deganidir.

Navro’zning Turk dunyosidagi isimlari; Turk dunyosida bazi farqli isimlar bilan bugunki kungacha yetib kelgan Navro’z milliy uyg’onish ma’nosini bildirgan “yangi kun” ma’nosini anglatadi.

Nevruz, Navro’z, Novruz, Sultan-i Nevruz, Sultan-i Navriz, Navrez Nevris, Naorus, Novroz, Navrıs Oyix, Nevruz Norus, Ulustin Ulu, Kuni, Ulusun Ulu Gunu, Ulu Kun, Ergenekon, Bozkurt, Chag’an Babu Marta, Kurklu Marta, Ilkyaz Yortusu,Yeni Gun, Yengi Kun, Yeni Yıl, Nevruz, Mart Dokuzu , Mereke, Meyram, Nartukan, Nartavan, Isiakh Bayrami, Altay Ko’durgeni, Bahar Bayrami, Yo’ruk Bayrami va Mevris.