Mamurjon Akhmatjonov
1 yil avval - 1 Dakika, 1 Saniye
tr
az
en
kk
ky
uz
ru
tk

Tug'ma eshitishi zaif bolalarga koxlear implant o'rnatish uchun 3,3 million dollar ajratildi

15 yanvar kuni Toshkent shahridagi «Taraqqiyot strategiyasi» markazida «Faol tadbirkorlik va innovatsion texnologiyalar va g'oyalarni qo'llab quvvatlash yili» Davlat dasturidan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha belgilangan chora-tadbirlar muhokamasiga bag'ishlangan matbuot brifingi bo'lib o'tdi.

Unda ishtirok etgan O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari Elmira Basitxanova «2018 yilda ijtimoiy ahamiyatga molik ikkita yirik qonun: «Nogironligi bo'lgan shaxslar to'g'risida»gi qonun hamda «Aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash to'g'risida»gi qonun qabul qilinishi» belgilanganini ma`lum qildi.

«O'tgan davri ichida Prezident Virtual qabulxonasiga nogironlar masalasida kelib tushgan 5000dan ortiq murojaatlarni o'rganib chiqib, nogironlikni aniqlashda har yili qayta tibbiy ekspertiza mezonlari va amaliyoti ko'pchilikka qiyinchilik tug'dirishini aniqladik. Negaki, bitta qo'li yo'q odam har yili haqiqatan qo'li yo'q ekanini qayta belgilatishi, shuningdek, tibbiy ekspertizadan o'tishi talab etilardi», deb ta`kidlab o'tdi vazir o'rinbosari.

Elmira Basitxanovaning so'zlari yuqorida ta`kidlangan holatlarni inobatga olib, bunday tartibga tegishli o'zgartirish kiritish rejalashtirilgan. Shuningdek, nogironligi bo'lgan shaxslarga xizmat ko'rsatish tartibini takomillashtirish, ularni zamonaviy protez-ortopedik moslamalar bilan ta`minlash choralarini qayta ko'rib chiqish haqida ham so'z yuritildi.

Tug


«Virtual qabulxona orqali kelib tushgan 2000dan murojaat nogironligi bo'lgan shaxslarni zamonaviy protez-ortopedik moslamalari bilan ta`minlashni so'rab yuborilgan. Ayni shu masalada mutaxassislar bilan kelishib, yangi qonun loyihasida ushbu ishlarni tartibga solish bo'yicha alohida takliflar o'rganilmoqda. Yana bir masala borki, yechimi uzoq paytgacha topilmay qolgandi: eshitishi zaif bo'lib tug'ilgan bolalarni koxlear implant moslamasi bilan ta`minlash. Bu borada mamlakatimizda tajribali mutaxassis shifokorlar faoliyat olib boradi, ammo masalaning yechimi borib mablag'ga taqaladi. Shunday qilib, joriy yil hisobidan tug'ma eshitish zaifligi aniqlangan bolalarga koxlear implant moslamalarini o'rnatish uchun 29 milliard so'm yoki 3,3 million AQSh dollari ajratildi», deb qo'shimcha qildi u.

Manba: Kun.uz