Mamurjon Akhmatjonov
1 yil avval - 25 Saniye
tr
az
en
kk
ky
uz
ru
tk

Toshkent viloyati tumanlarida paxta-to'qimachilik klasterlari tashkil etiladi

Prezident Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Quyichirchiq tumanidagi sobiq «Kanop» zavodi hududida bo'ldi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent viloyati tumanlarida paxta-to


Bu yerda qishloq xo'jaligi texnikalarining mavsumga tayyorgarligi, tumanda 2018-2019 yillarda irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini o'tkazish, qishloq xo'jaligida agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish kabi loyihalar namoyish etildi. Shuningdek, paxta maydonlarini joylashtirish, qoramol boqish orqali aholini sifatli go'sht bilan ta`minlash, yilqichilik, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilikni yo'lga qo'yish, ekin maydonlari yaratish kabi ma`lumotlar o'rin olgan.

Davlat rahbari yerdan unumli foydalanish, bir qarich yerni ham qarovsiz qoldirmaslik lozimligini ta`kidladi.

Loyihalarda kanop yetishtirish, sholini qayta ishlash, meva-sabzavotlarni saqlash, qadoqlash, Toshkent viloyatining tumanlarida paxta-to'qimachilik klasterlarini tashkil etish kabi istiqbolli loyihalar o'rin olgan.

Manba: Kun.uz