Sevde Kalafat
1 yil avval - 1 Dakika, 13 Saniye

Shamanizmdan kunimizgacha o'zgarmagan Turk an'analari

Shamanizmdan kunimizgacha o


Shamanizm - bu transga o'tish bilan tangri va insonlar orasidagi muloqotga, bemorlarni davolashga, yaxshi ruhlarning foydali ta'sirini saqlab qolishga va yovuz ruhlarning zararli ta'sirini oldini olishga qodir bo'lgan eng eski diniy rituellardan biridir. Markaziy Osiyo shamanizmining asoslari osmon, tangri quyosh, er, suv, olov va ota-bobolar madaniyatiga asoslanadi. Ko’p hududlarda ta’siri ko’rsatgan shamanismning ta’siri shubxasiz Anatoliyada ham kuzatilgan. Bugunki kungacha yetib kelgan shamanizmning an’anlaridan daraxtlarga, toshlarga, su manbalari atroflariga mato bog’lash yaxsh’ bilinadigan misollardan biridir. Hozirgi kunda ham qabrlarga va daraxtlarga mato o’rab istak bildirish yoki duo qilish an’anasi Shamanizmdan kelgan urf-odadlar hisoblanadi.


Shamanizmdan kunimizgacha o


Qo’rg’oshin quyish odati ham Shamanizmdan kelgan bo’lib “Qut quyma” nomi bilan ataladigan bu urf-odat yovuz ruhlar o’g’irlagan saodatni qaytarib olish uchun amalga oshiriladigan sehrli ibodat turi hisoblanadi.

Anatoliyaning ayrim hududlarida Shamanist Yoqutlar va Oltoylarda mavjud bo’lgan daraxt butalari ham bor. Bunga misol, farzandi bo’lmagan ayollarning daraxt ostidan o’tishi va daraxtga duo qilish bilan farzant istashidir.

Ol xotini deb nomlangan yovuz ruhning mavjudligiga bo’lgan ishonch ham keng tarqalgan. Ol xotini, albasti butun Musulmon Turklarda mavjuttir. Lohusaning ayol va chaqaloqqa musallat bo’lgani sababli yangi farzandli bo’lgan ayolning sochiga qizil tasma bog'lanadi yoki yostig’iga vilkalar ignasi taqiladi.

Bugungi kunda keng tarqalgan “nazar marjoni, tuya marjoni, ko’z marjoni” elementlari bazi insonlarga oid bo’lgan noyob hususiyatlar tufayli insonlarga nazar tegmasini oldini olish uchun ishlatiladi. Nazar ishonchi ham eski Turk etiqotlaridan biridir.


Shamanizmdan kunimizgacha o


Ketayotgan musofirning ortidan su to’kish ham eski Shamanizmning su madaniyatiga misoldir.

Xoxlanmagan yoki yomon bir vovea eshitilganda qo’lni taxtaga yoki biror bir qattiq jismga uch martta urish orqali yovuzliklardan saqlanish va yovuz ruhlarni oldini olish ishonchi ham Shamanizm odadlaridan hisoblanadi.

Shamanizmga ko’ra, ko’pak ruh kelayotganini his qilgani uchun vovlay boshlaydi. Bugunki kunda Anatoliyada ko’pak vovlashi yomonlik alomati hisoblanadi.

Shamanlarning ibodat marosimlari baraban va kopuzsiz bo’lmaydi. Anatoliyadagi Alevilarning ibodatlari ham musiqasiz bo’lmasligi Shamanizmning ta’sirini ko’rsatadi.