Mamurjon Akhmatjonov
6 oy avval - 43 Saniye
tr
az
en
kk
ky
uz
ru
tk

Samarqand Turizm universiteti Parij Turizm akademiyasi bilan hamkorlik qiladi

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Baxtiyor Umarov O'zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasida Parij Turizm akademiyasi inspektori Alan Kaya hamda Fransiya Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining Mehmonxona va restoran biznesi missiyasi xalqaro bo'limi boshlig'i Mishel Arbro bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston va Fransiya o'quv muassasalari o'rtasidagi hamkorlik masalasi, shuningdek Samarqanddagi "Ipak yo'li" turizm universitetidagi o'quv jarayonida fransiyalik mutaxassislarning ishtiroki muhokama qilindi.

Samarqand Turizm universiteti Parij Turizm akademiyasi bilan hamkorlik qiladi


Janob Kaya Fransiya tomon O'zbekiston hukumati tomonidan turistik sohani tezkor rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yuqori baholashi va mamlakatda ro'y berayotgan islohotlarni alohida qiziqish bilan kuzatayotganini qayd etdi.

"O'zbekiston sezilarli turistik salohiyatga ega va biz xorijiy sayyohlar oqimining keskin o'sishi bu xizmatlar sektorida professional kadrlarga bo'lgan talabni oshirayotganini kuzatyapmiz", - dedi Alan Kaya.

Parij Turizm akademiyasi Il-de-Frans mintaqasidagi barcha oliy ta`lim muassasalarini birlashtiradi va xorijiy mamlakatlar o'quv muassasalari bilan hamkorlik borasida boy tajribaga ega bo'lgan Sorbonna Universiteti bilan uzviy hamkorlik qiladi. Shu bois O'zbekiston talablarini inobatga olgan holda ta`lim loyihalarini tayyorlash ishlarini faollashtirish maqsadida 2018 yilning sentabrida Parij Akademiyasi rektorining O'zbekistonga tashrifini tashkillashtirish taklif etilgan.

Uchrashuv yakunlariga ko'ra, ikki tomon Samarqand Turizm universiteti va Parij Turizm akademiyasi o'rtasida anglashuv memorandumini imzolashga doir kelishuvga erishdi. Mazkur memorandum loyihasi Fransiya tomonga ko'rib chiqish uchun taqdim etildi.