Mamurjon Akhmatjonov
9 oy avval - 15 Saniye
tr
az
en
kk
ky
uz
ru
tk

Qozog'istonda Kaspiy sammiti bo’lib o’tadi

Joriy yilning 12 avgust kuni Qozog'istonning Aqtau shahrida V Kaspiy sammiti bo'lib o'tadi.

Qozog


Qozog'iston Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, unda Kaspiybo'yi davlatlari - Qozog'iston, Ozarboyjon, Eron, Rossiya va Turkmaniston rahbarlari ishtirok etadi.

Sammitda tomonlar Kaspiy dengizining huquqiy maqomi, iqtisodiyot, transport, ekologiya va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish niyatida.

Sammitning asosiy yakuniy hujjatiga Kaspiy dengizi huquqiy maqomi to'g'risidagi konvensiya aylanishi lozim. Shuningdek, bir qator besh tomonlama hukumatlararo hujjatlarni imzolash rejalashtirilmoqda.