Sevde Kalafat
1 yil avval - 44 Saniye

Qozog'iston lotin alifbosiga o’tmoqda

Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev krill alifbosidan qozoq tilida lotin alifbosiga o’tish to’g’risida talimot berdi. 2018 yildan etiboran darsliklarni lotin alifbosida nashr etish rejalashtirilgan va Nazarboev 2025 yilgacha barcha kitoblar, muntazam nashrlar va rasmiy hujjatlar lotin alifbosida nashr etilishini taxmin qilmoqda.


Qozog


Qozog'iston prezidentining rasmiy veb-saytida chop etilgan "Orientatsiya: kelajakning ma'naviy tiklanishi" maqolasida Nazarboyev Qozog'iston hukumatiga 2017 yil oxirigacha Qozog'iston kirill yozuvining lotin alifbosiga o’tish grafikasini tayyorlashni buyurdi.

Alifboning o’zgartirilishi “siyosiy sabablarga” bog’liq ekanligini qayd etkan Nazarboyev maqolasida bugunki kunda Qozog’istonda farqli alifbolarning ishlatilmasi bilan bog’liq tarixiy ma’lumot berdi.

X asrdan XX asrgacha mamlakatta arab alifbosi ishlatilganini ifoda etgan Nazarboyev maqolasida 1929-yilda lotin alifbosiga o’tish qarori olinganini, krill alifbosiga esa 1940- yildan o’tilganini eslatib o’tgan.

Nazarboev fikricha, 2017 yilgacha olimlar va jamoat vakillari bilan muzokaralar olib borilgach, yangi Qozoq alifbosi uchun lotin alifbosiga asoslangan yagona standart tayyorlanishi kerak. N. Nazarboev ta'kidlashicha, 2018-yildan boshlab o'rta maktab uchun lotin alifbosidagi kitoblarni nashr etish va ta’lim beruvchi mutaxassislarni yetishtirilishi kerak.

Kirill va lotin alifbolari birinchi o'tish davrida rejaga muvofiq foydalanilishi mumkin bo’ladi.

Qozog'istonda 18 millionga yaqin inson istiqomat qilsa, qozoq (qozoq turkchasi) va rus tillari rasmiy tillardir.

Manba: Qrim axborot agentligi