Mamurjon Akhmatjonov
1 yil avval - 56 Saniye
tr
az
en
kk
ky
uz
ru
tk

Qirg'iziston Respublikasi prezidenti Sooronboy Jeenbekovning O'zbekiston ziyorati


Qirg


Qirg'iziston Respublikasining yangi prezidenti etib saylangan Sooronboy Jeenbekov ilk xorijiy tashrifini O'zbekistonga uyushtirdi. 13-dekabr chorshanba kuni Toshkentdagi Ko'ksaroy qarorgohida Qirg'izistonning yangi prezidentini kutib olgan O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jeenbekovni Qirg'iziston Respublikasiga yangi prezident bo'lib saylangani bilan muborakbod etti. Ikki davlat rahbarlarining qo'shma bayonotida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga urg'u berildi. O'tkazilgan muzokaralar natijasida ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalardagi munosabatlarni yanada yangi bosqichga olib chiqish masalalari ko'rib chiqildi. Prezident sifatida ilk xorijiy tashrifini O'zbekistondan boshlaganini yuqori baholaganini bildirgan O'zbekiston prezidenti Qirg'iziston prezidentiga chuqur minnaddorchiligini bildirar ekan Qirg'iziston O'zbekistonning eng yaqin qo'shnisi bo'lganini va bu tarixiy tashrif chog'ida butun masalalarni ko'rib chiqib mavjud muammolarni bartaraf etilishiga chuqur ishonch bildirdi. Ikki davlat rahbarlari o'rtasidagi keng va tor doiradagi muzokaralar natijasida ikki tomonlama hujjatlar imzolash marosimi bo'lib o'tti. Bu uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, kommunikatsiya, madaniyat, gumanitar va boshqa sohalarda shartnomalar imzolandi. Davlat rahbarlari o'rtasidagi qo'shma bayonot imzolanganidan so'ng quyidagi hujjatlar imzolandi;

2018-2021 yillar mobaynida O'zbekiston va Qirg'iziston Respublikasi hukumatlari o'rtasida ilmiy, iqtisodiy, siyosiy va gumanitar hamkorlik dasturi.

O'zbekiston va Qirg'iziston Respublikasi Bojhona hizmatlar o'rtasidagi tovarlar va transport vositalarini olib o'tilishida bojhona operatsiyalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini tashkil etish to'g'risidagi bitim.

O'zbekiston va Qirg'iziston Respublikasi Fanlar Akademiyalari o'rtasidagi ilmiy texnik hamkorlik to'g'risidagi kelishuv.

O'zbekiston va Qirg'iziston Respublikasi Favqulotta Vaziyatlar Vazirliklari o'rtasida 2018 yilda favqulotta vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish to'g'risidagi kelishuv.

O'zbekiston va Qirg'iziston Kasaba Uyushmalari o''rtasidagi hamkorlik kelishuvi.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi va Qirg'iziston Respublikasi Hukumati qoshidagi yoshlar jismoniy tarbiya va sport davlat agentligi o'rtasidagi o'zaro anglashuv memorandumi qabul qilindi.