Dilek Özdemir
1 yil avval - 1 Dakika, 6 Saniye

Qadimgi davrning yoqimli hidlar diyori Phaselis

Qadimgi davrning yoqimli hidlar diyori Phaselis

Qadimgi davrning mashhur port shahri bo’lgan Phaselis eramizdan avvalgi 42-yilda Burutus tomonidan Rimga bog'langan va Vizantiya davrida episkoplar markazi bo'lgan. Rhodeslar tomonidan, miloddan avvalgi 693-yilda port shahri sifatida tashkil etilgan. Shahardagi dengiz savdosi eng muhim daromad manbai bo'lgan. Eski davrlarda su ehtiyojlarini quduq va sardobalar orqali qondirayotgan Phaselis, Rim davriga kelib, shaharning shimolidagi su manbalaridan osma quvurlar orqali Hadrian Agorasining orqasidagi tepalikka su olib kelinib bu yerdan kanallar vositasi bilan shahar aholisiga su yetkazib berilgan.

Qadimgi davrning yoqimli hidlar diyori Phaselis

Shaharning asosiy qoldiqlari, harbiy portni janubiy port bilan bog'laydigan asosiy ko'chaning ikki tomonida joylashgan. Uzunligi 125 m va kengligi 20-25 m bo’lgan asosiy ko’chaning ikki tomonida uch pog’onadan tashkil topgan tratuar yo’li mavjud. Ko'cha o'rtasidagi maydon orqali janubiy portga yetib boriladi. Muntazam ravishta toshlar bilan qoplangan ushbu ko’chaning ostida kanalizatsiya va drenaj tizimi mavjud.

Qadimgi Phaselis shahri uch portga ega. Bundan tashqari markaziy va janubiy portlarni bir biriga bog’lovchi ustunli port ko’cha, ko’chaning dengiz tarafidagi bir tepalikda tashkil etilgan teatr, Rim hammomi, agoralar, tepalikdagi akropol, osma quvurlar va Hadrianusning shaharga tashrifi davomida sharafiga tashkil etilgan Hadrian darvozasi qadimgi shahardagi ko’rishga arzigulik yerlardan sanaladi.

Qadimgi davrning yoqimli hidlar diyori Phaselis

Hozirgi kunda mahalliy va chet ellik mehmonlar uchun kunduzgi sayyohat yeri sifatida e'tiborni o’ziga jalb etib kelayotgan "Phaselis" shahri, qadimda o'simliklarga boy bo’lganligi tufayli "Atirlar do'koni" nomi bilan mashhur bo’lgan.

Phaselisning ichi va atrofi qarag'ay o'rmonlari bilan qamrab olingani tufayli issiq yoz kunlarida ham salqin bo’lib turadi. Shu nuqtai nazardan, qadimiy shaharni osongina sayohat qilish bilan birga tabiatdan bahramand bo'lishingiz mumkin. Phaselis plyaji ham juda chiroyli. Qadimiy shahardagi muhtasham uch qishloqdan istaganingizni sayohat etib tabiat va dengizdan bahramand bo'lishingiz mumkin. Tabiatning saxovatli jihatlaridan; tarix, madaniyat, tabiat va dengizni sizga taqdim etayotgan qadimiy shaharni ziyorat etish bilan birga muhtasham manzaralarga guvoh bo’lishingiz mumkin.