Türkan Hüseynova
1 yil avval - 57 Saniye

Ozarbayjonning Shifoli Balchig'i

Dunyoning 42 ta davlatida balchiq vulqoni mavjud bo’lib Ozarbayjon dunyodagi balchiq vulqonlarining kamdan-kam uchraydigan hududlaridan biri sifatida qayit etilgan. Balchik vulqonlarining 1/3 qismi Ozarbayjonda 16000 km² ga teng bo’lgan hudutda to’plangan bo’lib dunyo bo'ylab ma'lum bo'lgan 2000 dan ortiq balchiq vulqonlari Ozarbayjonning sharqiy qismida va Kaspiy dengizi atrofida joylashgan. Ozarbayjonda balchik vulqonlarining barcha turlari (faol, o’chirilgan, ko'milgan, neft ishlab chiqaruvchi, suv osti, orol vulqonalari) mavjud.

Ozarbayjonda balchiq vulqonlarning eng ko'p tarqalgan hududlari Absheron yarim oroli, Shamaxi-Gobustan, Quyi Kuryan qulashi, Boku orollari va Gurjiston chegarasidir.

Ozarbayjonning Shifoli Balchig

Balchiq vulqonlarining terapevtik foydalari:

Vulqon suvlari yod, bor, brom va tuz aralashmalariga boy bo'lgani uchun ma'lum kasalliklarni davolashda muvaffaqiyatli qo'llanilib kelinmoqda. 1980-yillardan beri Ozarbayjon Respublikasining 16 tibbiyot muassasasida vulqon balchig’i nerv sistemasi, teri va qo'shma kasalliklarning poliartrit, radikulit, gepatit va ko'plab teri kasalliklarini davolashda qo'llanilib kelinmoqda. Bundan tashqari, vulqon balchig’I kosmetologiya uchun ham foydalanilmoqda. Vulqon balchig’i, mis, yod, kaliy, magniy kabi 24 turdagi minerallardan iborat. Ozarbayjon Sog'liqni Saqlash Vazirligi ruxsati bilan vulqon loyi, shuningdek, stomatologik davolashda ham qo'llanilib kelinmoqda.

Ozarbayjonning Shifoli Balchig

Vulqon mili qurilishda keng ishlatiladigan tabiiy xom ashyo hisoblanadi.

Vulqonlarning faoliyati zilzilalardan ham habar beradi. Zilzilaning sodir bo’lishiga yaqin vulqonlarning shakllanishi kuzatilmoqda. Yer ustiga chiqqan sirt gazida va mineral suv tarkibidagi ba'zi kimyoviy moddalardagi o'zgarishlardan zilzilaning qachon sodir bo'lishini oldindan taxmin qilish mumkin.

Balchik vulqonlari ekoturizm uchun ham foydali. 2009-yilda Ozarbayjoncha, Ruscha va Inglizcha o’quv qo’llanmalar nashr etilib Boku shahriga tashrif buyurgan turistlar uchun 25 balchiq vulqonni qamrab olgan hududga turistik sayohatlar tashkil etildi. Ozarbayjonning balchiq vulqonlari tabiiy obidalar sifatida davlat tomonidan himoya qilinib kelinmoqda.