Dr. Atasağun
1 yil avval - 1 Dakika, 48 Saniye

Ozarbayjon iqtisodiyotida tabiiy gazning o'rni va ahamiyati

Ozarbayjon iqtisodiyotining asosiy qismini tabiiy gaz, neft va temir zahiralaridan keladigan daromad tashkil etadi. Ozarbayjonning umumiy eksport hajmining 90 % tabiiy gaz va neftdan iborat.

Tabiiy Gaz:

OGJ tomonidan elon qilinishicha 2013 yil yanvar oyi holatiga ko'ra, Ozarbayjonning tasdiqlangan tabiiy gaz zahirasi 991 mln. kubometrga teng. Tabiiy gaz zahiralarining katta qismi Shoh Dengiz hududida joylashgan, ammo Ozarbayjon Chirag Quyoshli (ACHG) hududidan ham tabiiy gaz qazib olinmoqda. Dengiz maydonida BP va Statoil 25.5 % ulushga ega. Boshqa ulush egalari; har biri 10 % ulushga ega bo’lgan Fransuz Total, Rus Lukoil, Shvetsiyalik Naftiran Intertrade Company (NICO) va Ozariy SOCARdir. Shoh Dengizdagi TPAO esa 9 % ulushga ega.

Shoh Dengiz dunyoning eng katta tabiiy gaz zahiralariga ega hududlardan biri bo’lib BPga ko’ra Shoh Dengiz 1 trillion 132 milyard kubometr tabiiy gaz zahirasiga ega. Yana Bpga ko’ra 2006-yil Shoh Dengizdan tabiiy gaz qazib chiqarila boshlagandan beri 39 milyard 436 million kubometr tabiiy gaz dunyo bozoriga eksport qilingan. 2011-yilda Ozarbayjon Boku-Tbilis-Erzurum Quvur liniasi bilan taxminan 5.3 milyard kubometr tabiiy gaz eksport qilingan.

Ozarbayjon iqtisodiyotida tabiiy gazning o

Ozarbayjon tabiiy gazni transfer qilish uchun quyidagi linialardan foydalanadi:

Boku-Tbilis-Erzurum (Janubiy Kavkaz) tabiiy gaz quvuri; Erzurumgacha 692 km BTJ neft quvuri bilan parallel tarzda tashkil etilgan. Qurulishi 2006-yilda tamomlangan Janubiy Kavkaz Tabiiy Gaz Quvuri, 2007-yilda faoliyat ko’rsata boshlagan va 8.4 milyard kubometr tabiiy gaz tashish imkoniyatiga ega.

G'azo-Mehemmed-Mozdok tabiiy gaz liniyasi: 241 km linia, Rus Gasprom kompaniyasi va SOCAR orasida imzolangan bir shartnomaga muvofiq Rossiyaga tabiiy gaz yetkazib bermoqda. Avval Rossiyada Ozarbayjonga gaz yetkazib berish vazifasini bajargan bu linia 2010-yildan boshlab Ozarbayjondan Rossiyaga har yil 991 million kubometr tabiiy gaz yetkazib bermoqda.

Boku-Astara Tabiiy Gaz Quvuri; Armaniston bilan keskinlikni kuchaygani tufayli Ozarbayjon tabiiy gaz eksporti uchun Eron bilan barter shartnomasi imzoladi va shartnomaga ko’ra Eron 2006-yildan etiboran Naxchivanga Ozarbayjon tabiiy gazini tashiy boshlagan. Bu faoliyatni amalga oshirish uchun Ozarbayjon Eronga Boku-Astara quvuri orqali gaz yuboradi va Eron bu gazni Salmas-Naxchivan liniasi orqali Naxchivanga yetkazib beradi va Eron tranzitining daromadidan 15% komissiya oladi. Atrofi Armaniston va Eron bilan o’ralgan, Turkiya bilan ham juda oz chegaraga ega Naxchivan Avtonom Respublikasi Erondan keladigan bu tabiiy gazga qaramdir.

Trans Anadolu Tabiiy Gaz Quvuri (TANAP); Ozarbayjon tabiiy gazini yangi bozorlarga olib chiqish maqsadida muhim strategic shartnomani imzoladi. Turkiya va Ozarbayjon hamkorligida tashkil etiladigan TANAP loyihasi bilan Ozarbayjon tabiiy gazining Gruziya va Turkiya orqali Yunoniston va Bolgariyaga yetkaziladigan gaz quvuri tashkil etilish rejalashtirilgan. Haydar Aliyev tomonidan tuzilgan ‘tek millat, ikki davlat’ shiori ostid harakat etadigan ikki davlat orasida quvurning tashkil etilishi to’g’risidagi memorandum 26 dekabr 2011-yilda imzolangan. 2012-yil 26-iyun kuni TANAP loyihasi bo'yicha hukumatlararo bitim imzolangan bo'lib, unda I. Aliyev va Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog'an tomonidan bitim tantanaviy ravishta imzolandi.

TANAP loyihasining to'rt bosqichda yakunlanishi va birinchi gaz oqimi 2018 yilda amalga oshirilishi kutilmoqda. 2020-yilga borib 16 milyard kubometr gaz yetkazib berish imkoniyati, 2023-yilga kelib 23 milyard kupometr va 2026-yilda esa 31 milyard kubometr gaz tashish rejalashtirilmoqda.

Turkiya; Quvurlari va neft tashish kompaniyasi (BOTAŞ) va TPAO bilan birgalikta loyihada 20 % ulushga ega, loyihaning 80 % ulushu esa SOCAR'a tegishli.

Manba: Al Zajeera