Mamurjon Akhmatjonov
1 yil avval - 22 Saniye
tr
az
en
kk
ky
uz
ru
tk

O'zbekistonlik Jamshid Najmiddinov professional ringda jahon chempionligini qo'lga kiritdi


O


31 dekabr kuni o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Jamshid Najmiddinov professional boksning yarim-o'rta vazn toifasida jahon chempionligini qo'lga kiritdi.

Jamshid Najmiddinov Qozog'istonning Olmaota shahrida WFA (World Fighting Assotiation) kamari uchun indoneziyalik Xero Titoga qarshi ringga ko'tarildi. Jang davomida raqibidan ustun ekanini isbotlay olgan Jamshid Najmiddinov, yakunda o'z vazn toifasida jahon chempioniga aylandi.

«Olamsport» nashri ma`lumotiga ko'ra, Bokschi professional ringda hozirga qadar 17ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 16tasida raqiblarini mag'lub etishga muvaffaq bo'lgan. O'z faoliyatidagi yagona mag'lubiyatni o'zbekistonlik sportchi o'tgan yilning 16 sentabr kunida Ukraina poytaxti Kiyevda qabul qilib olgandi. Hakamlar o'shanda WBC chempioni Viktor Postolni g'olib deb e`lon qilishgandi.