Mamurjon Akhmatjonov
8 oy avval - 30 Saniye
tr
az
en
kk
ky
uz
ru
tk

O'zbekistonga katta investitsiya kiritgan xorijliklar «Faxriy fuqaro» unvonini olishi mumkin

Bugundan «O'zbekiston Respublikasida investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident Farmoni loyihasi muhokamaga qo'yildi.

O

Adliya vazirligi tomonidan Bosh prokuratura bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan hujjatga ko'ra, O'zbekiston Respublikasiga kamida 200 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga soddalashtirilgan tartibda O'zbekiston Respublikasida istiqomat qilish uchun yashash guvohnomasini va ko'p martalik vizalarni olishning yangi mexanizmlari taklif etilmoqda.

Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo'nalishlariga katta miqdorda investitsiya kiritgan chet el fuqarolariga «Faxriy fuqaro» unvonini berish masalasi ko'rib chiqiladi. 

O'zbekiston iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va tashqi sarmoyani jalb etish maqsatida olib borilayotgan islohotlat davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. 130 dan ortiq mamlakat fuqarolariga O'zbekistonga kirish vizasini bekor qilish, chet el fuqarolariga mamlakat ichida istiqomat ruxsatini berishni osonlashtirish va O'zbekistonga investitsiya olib kirgan chet davlat fuqarolariga «Faxriy fuqaro» unvonini berish olib borilayotgan islohotlat namunasidir.