Mamurjon Akhmatjonov
1 yil avval - 45 Saniye
tr
az
en
kk
ky
uz
ru
tk

O‘zbekistonda “Rosatom” ishtirokida atom elektr stansiyasi quriladi


29-dekabr kuni O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari Toshkentda atom energiyasidan tinch yo‘lda foydalanish bo‘yicha kelishuv imzoladi. O‘zbekiston hukumati nomidan hujjatni bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonov, Rossiya tomonidan esa “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov imzoladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Kelishuvda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida O‘zbekistonda atom energetika uchun kadrlar tayyorlash va milliy infrastrukturani takomillashtirish, mamlakatda atom elektr stansiyasi va tadqiqot reaktorlarini qurish, shuningdek, uran konlari razvedkasi va ularga ishlov berilishi, ularning hayotiy silsilasini qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilgan.


O‘zbekistonda “Rosatom” ishtirokida atom elektr stansiyasi quriladi


Kelishuv konkret loyihalar va ilmiy tadqiqotlar uchun qo‘shma ishchi guruhlarning tashkil etilishini, shuningdek, ekspertlar o‘rtasida fikr almashinuvi, seminar va simpoziumlar o‘tkazilishini nazarda tutadi.

“Bizning taklifimiz — shu yerda, O‘zbekistonda X+ VVER-1200 avlodidagi ikki blokdan iborat stansiyani O‘zbekiston tomoni o‘zi uchun to‘g‘ri deb bilgan paytda qurish. Bizning bunday stansiyalarni qurish tajribamiz juda salmoqli”, — dedi Lixachyov hujjat imzolash marosimidan so‘ng.

Uning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston uchun bu loyiha ulkan ahamiyatga ega bo‘ladi, negaki energetika kompleksi diversifikatsiyasiga xizmat qiladi hamda energetik xavfsizlikda katta imkoniyatlar beradi.

Aleksey Lixachyov Rossiya O‘zbekiston uchun mutaxassislarni o‘z hisobidan o‘qitishga tayyorligini bildirdi.

Manba: Gazeta.uz