Mamurjon Akhmatjonov
1 yil avval - 27 Saniye
tr
az
en
kk
ky
uz
ru
tk

O'zbekistonda Qur`oni Karim chop etila boshlandi

3 yanvar kuni shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asos solgan «Hilol» nashriyoti bosmaxonasida Qur`oni Karimni chop qilish boshlandi.

O

Info.islom.uz saytining yozishicha, «Hilol» nashriyoti O'zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda ushbu mushafi sharifni Misr Arab Respublikasidagi «Dorus-salom» nashriyotining rasmiy ijozati bilan nashr qilmoqda.

Kitobning dastlabki sahifalari chop qilingan. Marosimga marhum shayxning eng yaqin safdoshlaridan Zohidjon domla Qodirov, O'zbekiston musulmonlari idorasidan Abdulhamid Tursunov, O'zbekiston qorilari musobaqasi bo'yicha O'MI qoshidagi hay`at raisi Abdulhakim qori Matqulov, hay`at a`zosi Hasanxon qori Abdulmajid, «Fath» jome` masjidining imom-xatib Bahodir qori Rahmatulloh va boshqa mehmonlar hozir bo'lishgan.

Qur`oni Karim tilovatidan so'ng bu xayrli ishning bardavom bo'lishini tilab xayrli duolar qilingach, dastgohlar ishga tushirilib, Mushafi Sharifning dastlabki sahifalari bosilgan.


Manba: Kun.uz