Türkan Hüseynova
1 yil avval - 28 Saniye
tr
az
en
kk
ky
uz
ru
tk

Oʻzbekistonda ikki kun davomida “Kitob bayrami” oʻtkaziladi

O'zbekistondagi Kitob bayrami tadbiri 24-25 may kunlari O'zbekistonning yirik shaharlarida ikki kun davom etadi.

Tadbir prezident Sh.Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilayapti.

Ikki kun davom etadigan tadbir doirasida Toshkentdagi Sayilgoh ko‘chasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida nashriyotlar, matbaa korxonalari tomonidan kitoblar namoyish etiladi.

Oʻzbekistonda ikki kun davomida “Kitob bayrami” oʻtkaziladi

Tadbirda "Namunali kitob doʻkoni" tanlovining viloyat bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

“Kitob bayrami” kunlarida mushoiralar, adabiy uchrashuvlar, “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Eng yaxshi kitobxon”, “Yosh kitobxon” kabi sovrinli viktorinalar ham oʻtkazilishi aytilmoqda.

Manba: ozodlik.org