Mamurjon Akhmatjonov
10 oy avval - 19 Saniye
tr
az
en
kk
ky
uz
ru
tk

O'zbekiston va Vetnam tovar ayirboshlash hajmini uch baravarga oshirishni rejalashtirmoqda

Toshkentda Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston — Vetnam hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

O

Tomonlarning ta`kidlashicha, mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlik barcha yo'nalishlarda, jumladan, savdo-iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy sohalarda izchil rivojlanib bormoqda.

O'zaro tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda. Bu boradagi ko'rsatkich joriy yilning o'tgan 6 oyida 2017 yilning shu davriga nisbatan 2,5 baravar ortdi va 30 million dollarga yetdi. Tomonlar bu ko'rsatkichni yil oxiriga qadar 100 million dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini bildirdi.

Tadbirda o'zaro hamkorlikda qo'shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.