Mamurjon Akhmatjonov
1 yil avval - 44 Saniye
tr
az
en
kk
ky
uz
ru
tk

O'zbekiston Qirg'izistonda to'qqizta korxona ochadi

O'zbekiston Qirg'izistonda avtoulovlarga texnik xizmat ko'rsatish, qishloq xo'jaligi texnikasini yig'ish, plastik qismlar ishlab chiqarish va boshqa yo'nalishlar bo'yicha to'qqizta korxona ochadi. Bu haqda Qirg'iziston Respublikasining Investitsiyalarni rag'batlantirish va himoya qilish agentligi direktori o'rinbosari Shunqorbek Odilbek o'g'li ma`lum qildi.


O


Uning so'zlariga ko'ra, yettita kompaniya qirg'iz-o'zbek qo'shma korxonasi maqomiga ega bo'ladi. Xususan, O'zbekistonning Artel Engineering va Qirg'izistonning «L.T.B» firmasi Artel markali kir yuvish mashinalarini yig'sa, Perfect Plast Profil (O'zR) va Imzo LTD (QR) plastik hamda alyumin profillarni ishlab chiqarish bo'yicha sex quradi.

Bundan tashqari, xabar qilinishicha, «O'zAvtoSanoat» va «AvtoOңdooZavod» Qirg'izistonda qishloq xo'jaligi texnikasi va avtotirkamalarni yig'ish bo'yicha ikkita korxona ochadi. Shuningdek, o'zbek kompaniyasi Qirg'izistonning «DT Texnik» hamda «Avtosentr Estakada» firmasi bilan birgalikda avtobuslarni yig'ish va transport xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha zavodlar ochadi. «Avtosentr Estakada» hamda «Ravon Motors Tyan-Shan» kompaniyasi esa avtomobillarni yig'ish bo'yicha zavod va dilerlik markazini ochish haqida kelishib oldi.

Bundan tashqari, Toshkentdagi Artel Engineering firmasi o'z filialini Qirg'izistonda ochadi, shuningdek MediaPark ko'ngilochar markazini quradi.

Ta`kidlanganidek, ushbu bitimlarning barchasi bo'yicha memorandumlar imzolangan. Agarda bu korxonalarning ba`zilari allaqachon tashkil etilgan bo'lsa, qolganlari 2018 yil oxirigacha qurilishi kutilmoqda. Bishkek, O'sh va Qora-Bolta shaharlarida yangi kompaniyalar ochiladi.

Manba: Kun.uz