Mamurjon Akhmatjonov
10 oy avval - 21 Saniye
tr
az
en
kk
ky
uz
ru
tk

O'zbekiston delegatsiyasi Belarus atom elektr stansiyasiga tashrif buyurdi

O'zbekiston hukumati vakillari Belarusda yangi AES qurilishi bilan tanishdi. 2018 yil 4 iyul kuni O'zbekiston bosh vaziri o'rinbosari Alisher Sultonov rahbarligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Belarus AES qurilish maydonida bo'ldi. Belarus energetika vazirligi axborot xizmati shu haqda xabar qilmoqda.

O

Mehmonlar atom elektrstansiyasining axborot markaziga tashrif buyurishgan, Ostrovets shahri infratuzilmasi, o'quv-mashg'ulot markazi faoliyati bilan tanishishdi. Bundan tashqari, AES qurilishi jarayonini ham o'rganishgan.

Tashrifning yakuniy qismida muzokaralar bo'lib o'tib, unda Belarus yadro energetikasi dasturini hayotga tatbiq etish va AES qurilishi tajribasi haqida ma`lumotlar olindi. O'zbekistonda AES qurishga qaror qilingani munosabati bilan Belarusning bu boradagi tajribasi dolzarblik kasb etadi.