Mamurjon Akhmatjonov
10 oy avval - 37 Saniye
tr
az
en
kk
ky
uz
ru
tk

O'zbek ipak mahsulotlari Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksport qilinadi

"O'zbekipaksanoat" uyushmasi taklifi asosida Rimda forum o'tkazildi

O

Uyushma Boshqaruv raisi B.Sharipov, O'zbekistonning Avstriyadagi elchisi Sh.Asadov, O'zbekistonning Italiyadagi elchisi R.Qayumov, UNIDO vakili Dino Fortunato, ISMAA Osiyo va Afrika bӯyicha instituti bosh direktori Vincenzo Valenti, CONFAPI kompaniyasi rahbari Marko Tarica, Rimdagi SAPIENZA universiteti professorlari, O'zbekistonning Rimdagi faxriy konsuli Vittorio Giorgi, tekstil dastgohlari ishlab chiqaruvchi 200 ta korxonanani birlashtirgan ACIMIT assotsiatsiyasi rahbariyati va Italiyaning boshqa kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar.

O

Forum ishtirokchilariga "O'zbekipaksanoat" uyushmasi Boshqaruvi raisi B.Sharipov O'zbekistondagi qulay biznes-investitsiya muhiti, pillachilik tarmog'i, shuningdek, Agrosanoat majmuiga kiruvchi boshqa sohalarning rivoji uchun mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va qulayliklar to'g'risida, bu sohalarning istiqbolli biznes loyihalari, eksport imkoniyatlari to'g'risida taqdimot o'tkazdi.

O
O

Shu jarayonda “O'zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi B. Sharipov tarkibida 550 dan ortiq moda brendlarini birlashtirgan “Sistema Moda Italia” uyushmasi vitse-prezidenti Andrea Taborelli bilan memorandum imzoladi. Unga ko'ra, o'zbek ipak mahsulotlari Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish, mahsulotlarimizning “qo'hna qit`a” bozoriga kirish huquqini beruvchi standartlarni olishiga mazkur uyushma yaqindan yordam beradi.

O