Dr. Atasağun
1 yil avval - 1 Dakika, 5 Saniye

Mustaqillikka erishganidan so'ng Qozoq turklarining o'zlarining milliy va diniy qadiryatlari yo'lidagi kurashlari

Mustaqillikka erishganidan so


Mustaqillikka erishgandan so'ng, Qozog'iston o'zini Turkiy va Musulmon davlati sifatida tanita boshladi. Qozog’iston Turkiya tomonidan tashkillashtirilgan Turk Davlat Rahbarlarining Sammitida ishtirok etish bilan bir qatorda Islom Ishbirligi Tashkilotiga az’o bo’lganligi buning bir namunasidir. Biroq, Qozoq millatining shakillanishda Turkiylik, Sovet davridagi dinsizlik va Islom dunyosidan uzoqda bo’lganligi sabablik Islomga nisbatan ahamiyati ortgan. Misol qilib aytganda Qozog’istonning janubiy qo’shnilari Islomning ramzi bo’lgan oyning o’z bayroqlarida tasvirlashar ekan Qozog’iston bayrog’i esa tangrining ramzi bo’lgan quyosh va osmonning rangi bo’lgan ko’k rangi bilan ifodalangan.

Qozog’istonda Turkiylik ongi Qozoqlik ongidan avvalroq keladi. Agar shimolda panturkizm ruhidan havotirga tushadigan Rossiya kabi bir qo’shni davlat bo’lsa va halqingizni ma’lum bir qismini slavyan halqi tashkil etadigan bo’lsa Turkiylikni rasmiy sifatta tilga ololmaysiz.

Insonlar o’zligiga erishish uchun ota-bobolarini tanishlari lozim. Shuning uchun Qozog’iston maktablarida Qozog’iston tarixi darslari o’qitila boshladi. Sobiq Ittifoq davrida ham Qozog’iston tarixi darslari mavjud bo’lsa ham tarix kitobida Rossiya Imperiyasi tarkibiga kirishni Qozoqlaring o’z ixtiyorlari bilan qabul qilishgani yoziladi. Bugunki kunda, butun universitet fakutetlarining birinchi kursida Qozog’iston tarixi majburiy dars sifatida o’qitilib kelinmoqda. Bu darslar natijasida Qozoq yoshlari ajdodlarining bosib o’tgan yo’llari va o’z shaxsiyatlarini o’rganish orqali tarixta kim bo’lganliklari, qayerdan kelganliklarini o’rganmoqdalar.

Qozog’istonda boshqa din vakillari ham istiqomat qilishlari sababli maktablarda Islomga aloqador darslar mavjud emas. Odatda Qozoq oilalari o’z farzandlarini ta’tillarda masjidlarga diniy ta’lim olish maqsadida yuborishadi. Qozog’istonda Diniy Idora tashkil etilgan bo’lib imom yetishtirish va halqqa Islom haqida malumot berish ma’suliyatiga ega. Qozoqlarning dinga bo’lgan munosabat kuchayib borara ekan har yili mamlakattagi masjidlar soni oshib bormoqda.

Manba: Dinmuhammad Ametbek 11 iyun 2014